Янгиликлар
10
Navoiyda "Adliya ayoli" respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi!
Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning iqtidorini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqiy bilim va kasbiy koʻnikmalarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ushbu nufuzli bellashuv qizgʻin ruhda o'tdi.
Bunda ishtirokchi qizlar test sinovlari hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan oʻzlarining kreativ takliflari shartlarida oʻzaro kuch sinashdilar. Har bir ishtirokchi oʻzining huquqiy bilimi, iqtidori va sohaga oid yangi gʻoyalarini namoyish etib, hakamlar hayʼati eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Adliya tizimida mehnat qilayotgan va nafaqat qonun ustuvorligini taʼminlashda, balki ijtimoiy hayotda ham faol boʻlgan barcha xotin-qizlarimizga kelgusi faoliyatida va tanlovning keyingi bosqichida ulkan zafarlar tilaymiz!