Янгиликлар
10
Navoiy viloyati adliya boshqarmasida stol tennisi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi!
Boshqarma hamda uning tizimida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ular oʻrtasida doʻstlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida kichik sport musobaqasi tashkil etildi.
Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslarda yoshlar oʻzlarining chaqqonligi va mahoratini namoyish etdilar. Ishdan tashqari vaqtda uyushtirilgan ushbu sport tadbiri xodimlarga koʻtarinki kayfiyat va yangi kuch-quvvat bagʻishladi.
Adliya tizimi yoshlari nafaqat qonun ustuvorligini taʼminlashda, balki sportda ham hamisha oldinda! Ularga kelgusi faoliyatlarida va sport bahslarida zafarlar tilaymiz!