Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

“Payshanba — Yoshlar kuni”: ma’naviyat, bilim va yoshlar tashabbuslari maydoni


  Surxondaryo viloyati: Yoshlar ishtirokida san’at, ma’naviyat va millatlararo bag‘rikenglikka bag‘ishlangan ochiq muloqot, sahna ko‘rinishlari hamda hayvonot bog‘iga ekskursiya tashkil etildi.

 Xorazm viloyati: “Bilim — xazina” kutubxonasida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va zamonaviy bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion uchrashuv o‘tkazildi.

 Buxoro viloyati: Yoshlar “Ibrat farzandlari” loyihasining imkoniyatlari, xorijiy tillarni o‘rganish, shuningdek, tovar belgisi va brendlarni huquqiy himoya qilish tartibi bilan tanishtirildi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus garnizonidagi harbiy qismda yoshlar bilan vatanparvarlik ruhidagi ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr, taklif va muammolari tinglandi.

 Qashqadaryo viloyati: Faol va uyushmagan yoshlar uchun Anton Chexovning “Oq qush qo‘shig‘i” spektakli namoyish etilib, ularning teatr san’atiga qiziqishini oshirishga e’tibor qaratildi.

 Jizzax viloyati: “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlar bilan hayotda o‘z o‘rnini topish, bilim olish va sog‘lom turmush tarzi haqida muloqot qilinib, “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi namoyish etildi.

 Navoiy viloyati: Faol va tashabbuskor yoshlar uchun Qosim Shayx ziyoratgohiga ma’rifiy sayohat tashkil etilib, ularga tarixiy obida va buyuk mutasavvifning ma’naviy merosi haqida ma’lumot berildi.

 Sirdaryo viloyati: Guliston davlat universitetida yoshlar bilan ilm-fan, zamonaviy bilim va intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

 Andijon viloyati: Bo‘ston tumanidagi axborot-kutubxona markazida taniqli ijodkorlar ishtirokida “Ma’naviyat va zamonaviylik” mavzusida uchrashuv o‘tkazilib, yoshlarga sara asarlar sovg‘a qilindi.

 “O‘zarxiv” agentligi: Jizzax viloyatidagi arxiv muassasalarining yosh xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, g‘olib jamoalar taqdirlandi.

Toshkent viloyati: Yoshlar Qibray tumanida Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram konsertida ishtirok etib, milliy san’atimiz va boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishdi.