Янгиликлар
24
Nurota tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Orasoy” MFYda fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasining 145-son va 239-son qarorlari asosida huquqiy yordamga muhtoj 5 toifaga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Bundan tashqari, sayyor qabul davomida qonunchilikdagi yangiliklar, hamda mavjud muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish tartibi yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, aholining huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.