Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

#biz_korrupsiyaga_qarshimiz


Adliya bo'limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan Zarafshon shahar Favqulotda vaziyatlar bo‘limida "Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid" mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri amalga oshirildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonuniylik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa salbiy holatlarning oldini olishdan iborat bo‘ldi.
Ochiq muloqot davomida korrupsiya nafaqat qonunbuzarlik, balki jamoada o‘zaro ishonch, adolat va xizmat intizomiga putur yetkazuvchi illat ekani alohida ta’kidlandi. Har bir xodim o‘z xizmat vazifasiga halol va vijdonan yondashishi, berilgan vakolat va imkoniyatlardan faqat qonun doirasida foydalanishi muhimligi haqida fikrlar bildirildi.