Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Hujjatlar sifati va raqamli qulaylik


Davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritish tizimini to‘liq qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni raqamlashtirish bugungi kunning eng muhim talablaridan biri hisoblanadi.
Ayni shu maqsadda, Navoiy shahar adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tashabbusi bilan shahar hududidagi davlat organlari va tashkilotlarining HR xodimlari ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi. Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan tashkilotlarning yuridik hujjatlarini qonunchilik talabi asosida tayyorlash tartiblari va bu borada yuridik markazlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan eng so‘nggi yangiliklar va raqamli platformalar faoliyati atroflicha yoritib berildi. Seminarning markaziy mavzularidan biri bo‘lgan "AdLIX" elektron dasturi ish unumdorligi garovi sifatida e'tirof etilib, ishtirokchilarga ushbu platformaning ishlash prinsipi, hujjat aylanishini tezlashtirishdagi qulayliklari hamda HR xodimlarining vaqtini tejash va xatoliklar sonini kamaytirishdagi afzalliklari batafsil tushuntirildi.

Tadbir yakunida tashkilotlarga platformadan samarali foydalanish boʻyicha aniq tizimli koʻrsatmalar va uslubiy qo‘llanmalar berildi. Adliya organlari bu kabi targ‘ibot va o‘quv tadbirlarini davom ettirgan holda, tashkilotlarda qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashishda davom etadi.