Янгиликлар
28
Navoiy viloyatida mediatorlar safi kengaymoqda!
Bugungi kunda Navoiy viloyatida 76 nafar mediator rasmiy reestrga kiritilgan bo‘lib, ular fuqarolarning nizolarini sudgacha va o‘zaro hamjihatlikda hal etishda faol ko‘maklashib kelmoqda.
Sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi huzuridagi Mediatorlar malaka komissiyasi tomonidan tizimda yangi qadam tashlandi. Jumladan, komissiya a’zolari tomonidan bir nafar talabgordan videokonferensaloqa vositasi orqali masofaviy tarzda malaka imtihoni qabul qilindi.
Ushbu raqamlashtirilgan jarayon talabgorlarning vaqti va ortiqcha ovoragarchiligini tejash bilan birga, imtihonning ochiqligi, shaffofligi hamda xolisligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Adliya organlari tomonidan tizimni yanada takomillashtirish hamda professional mediatorlar safini kengaytirish borasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish davom ettirilmoqda.