Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


Endilikda fuqarolar bir qator xizmatlardan foydalanishda hujjatlarning qog‘oz nusxasini taqdim etishlari shart emas
 
Adliya vazirligi tashabbusi bilan 33 ta idoraviy hujjatga fuqarolar tomonidan hujjatlarning qog‘oz shakli o‘rniga, ularning elektron shaklini ham taqdim etish va tegishli tashkilotlar tomonidan qabul qilish imkoniyatini yaratuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (ro‘yxat raqamlari 3958, 2026-yil 20-oktyabr va 3959, 2026-yil 20-oktyabr).

Bu nimani anglatadi?
Endilikda biometrik pasport, ID-karta, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, urush qatnashchisi guvohnomasi yoki talabalik guvohnomasi kabi hujjatlarning qog‘oz shakli o‘rniga my.gov.uz va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Eng muhimi, raqamli hujjatlar qayerlarda qabul qilinadi?

????  banklarda — bank xizmatlaridan foydalanish, ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida shaxsni tasdiqlashda;
???? notarial idoralarda — tegishli notarial harakatlarni amalga oshirishda;
???? aeroportlarda — O‘zbekiston ichidagi aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tishda;
???? urush qatnashchilariga kompensatsiya berishda;
???? telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishda: abonent bilan xizmat shartnomasini tuzishda;
???? qon va uning tarkibiy qismlarini topshirishda: donorning shaxsini tasdiqlashda;
???? lombardlar bilan shartnoma tuzishda;
???? tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlar ko‘rsatishda;
???? fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olish va boshqa bir qator xizmatlarni ko‘rsatishda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qaroriga muvofiq, shaxsni tasdiqlovchi va boshqa bir qator hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etilgan.