Янгиликлар
21
NAVOIY VILOYATIDA KUTUBXONA XODIMLARI VA YOSH IJODKORLAR VA YOZUVCHILAR UCHUN O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
“Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi” doirasida Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat axborot-kutubxona markazida o‘quv mashg‘uloti va davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda kutubxona xodimlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi vakillari hamda yosh ijodkorlar ishtirok etdi.
???? Mashg‘ulot davomida “Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?” mavzusida, shuningdek, mualliflik huquqini himoya qilish va mualliflik huquqi buzilgan taqdirda qo‘llaniladigan javobgarlik choralari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Ishtirokchilarga quyidagi masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi:
???? Kutubxona fondidan foydalanishda mualliflik huquqi talablariga rioya etish;
???? Asarlardan muallifning roziligisiz foydalanish mumkin bo‘lgan qonuniy holatlar;
???? Asarlarni elektron kutubxonalarga joylashtirishning huquqiy tartibi;
???? Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda qo‘llaniladigan javobgarlik choralari.
⚖️ Shuningdek, davra suhbati davomida yosh ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish, asarlardan qonuniy foydalanish va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.
???? Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mualliflik huquqiga oid bilimlarini mustahkamladilar.