Янгиликлар
19
#Mualliflik_huquqini_himoya_qilish_oyligi
Xatirchi va Navbahor tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan umumta'lim maktablarida "Mualliflik huquqini himoya qilish oyi" huquqiy aksiyasi doirasida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.
???? Mazkur tadbirlar davomida oʻquvchi yoshlarga "Sening g'oyang, sening ijoding, sening huquqing" mavzusida ochiq darslar tashkil etilib, yoshlarning mualliflik va turdosh huquqlar boʻyicha huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni huquqiy savodxon, ijtimoiy faol va masʼuliyatli shaxslar etib tarbiyalash maqsadida huquqiy targʻibotning zamonaviy va interaktiv shakllaridan foydalangan holda tashkil etildi.
???? Shuningdek, tadbir davomida "Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik" mavzusida seminar-trening tashkil etilib, yoshlarga muallif va turdosh huquqlar toʻgʻrisida, plagiat toʻgʻrisida huquqiy maʼlumotlar berildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.