Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i
Abdullayev Ulugbek Ravshanbekovich
Телефон:
79-220-79-22
Ulugbek Abdullayev 1985-yilda Samarqand viloyati, Bog'ishamol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yil Qoraqalpoq davlat universitetini (bakalavr), 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2010-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
Xusanov Davron Nurulloyevich
Телефон:
79-220 79 77
Davron Nurulloyevich Xusanov-1989-yilda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2012- yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, III darajali adliya maslahatchisi. Tizimda 11 yillik ish tajribasiga ega.
Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.