Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
12.01.2023

Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga 2021-2022-yillar davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tahliliy M A’ L U M O T

Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga 2021-2022-yillar davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tahliliy

M A’ L U M O T

 

Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga 2021-2022-yillar davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.

Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, og‘zaki, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Jumladan, Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga 2022-yilda jami 2007 ta (2021-yilda 1122 ta, 885 taga yoki 55 % ga oshgan), shundan hisobot davri boshidan qoldiq bo‘lib o‘tgan murojaatlar soni 17 ta, jami murojaatlardan 874 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid,
314 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 596 tasi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid, 122 tasi huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solishga oid, 15 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 25 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, boshqa sohalar bo‘yicha 44 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1637 tasi (81 %) hal etildi (2021-yilda 323 tasi yoki
28%)
, 173 tasi (2021-yilda 185 tasi) tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborildi (tegishlilik bo‘yicha yuborish 7 % ga kamaygan), 28 tasi (2021-yilda 28 tasi) ko‘rmasdan qoldirilgan, 25 tasi (2021-yilda 14 tasi qoldiq bo‘lib o‘tgan) hozirda ko‘rib chiqilmoqda.

Kelib tushgan murojaatlarning 1637 tasi yoki 81 % (2021-yilda 323 tasi yoki 28 %) hal etilib, shundan 606 ta 37% (2021-yilda 323 ta 28,7 %) murojaat qanoatlantirildi, 1030 tasiga 62,9% (2021-yilda 446 tasiga 57%) huquqiy tushuntirish berildi (huquqiy tushuntirish berish darajasi 43 % ga ko‘paygan), 2 tasi 0,1 %(2021-yilda 28 tasi) ko‘rmasdan qoldirilgan, 25 ta
1,5 %
(2021-yilda 14 ta 3 % ) murojaat tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborildi. 25 tasi 1,5 % murojaat hozirda ko‘rib chiqilmoqda.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 44 ta (2021-yilda 41 ta, 3 taga yoki 7 %ga oshgan) taqdimnoma, sudlarga 139 ta (2021-yilda 56 ta, 83 taga yoki 59 %ga oshgan) da’vo arizalari kiritildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 6 mlrd 831 mln. 115 ming (2021-yilda 1 746 933 ming, 5 baravar ko‘p) so‘mlik pul mablag‘lari undirildi. Shuningdek, 39 nafar (2021-yilda 31 nafar) shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.

II. Boshqarma rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallariga asosan o‘tkazilgan sayyor va shaxsiy qabullarda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillaridan jami 420 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 230 ta, huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish sohasiga oid 31 ta, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid 63 ta, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid 2 ta va davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid 13 ta, boshqa sohaga oid 81 murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar boshqarmaning tegishli tarkibiy bo‘limlari tomonidan o‘rganib chiqilib, 413 tasi (ya’ni 98 foizi) hal etildi, 7 tasi (ya’ni 2 foizi) tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Hal etilgan murojaatlarning 189 tasi 45 % (2021-yilda 139 tasi 54%) qanoatlantirildi,
224 tasiga 53 % (2021-yilda 109 tasi 44%) huquqiy tushuntirish berildi.

III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 690 ta (2021-yilda 412 ta, 278 taga
60 % ga oshgan)
murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 541 tasi 78,6 % (2021-yilda 310 tasi 73%) xal etildi (hal etish darajasi 8 % ga oshgan), 143 tasi 20 % (2021-yilda 102 tasi 27%) tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborildi, 6 tasi (1,4 %) hozirgi vaqtda ko‘rib chiqilmoqda.

Hal etilgan murojaatlarning 191 tasi 35 % (2021-yilda 98 tasi 31,6%, 4% ga oshgan) qanoatlantirildi, 350 tasiga 65 % (2021-yilda 212 tasi 68,4%, 3% ga kamaygan) huquqiy tushuntirish berildi.

IV. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi va hal etilishiga etibor qaratadigan bo‘lsak, quyidagicha natijalarga erishilganligi kuzatiladi:

1. Shikoyatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:

2022-yilda jami 3726 ta, shundan hisobot davri boshidan qoldiq bo‘lib o‘tgan murojaatlar soni 13 ta, shikoyat kelib tushgan (2021-yilda 3646 ta shikoyat, 80 taga oshgan). Ushbu shikoyatlardan 3646 tasi 97 % (2021-yilda 3547 tasi 96 %) hal etilib, shundan 2870 tasi 79% (2021-yilda 2756 tasi 75 %) qanoatlantirildi (qanoatlantirish darajasi 3 % ga oshgan), 774 tasiga 21% (2021-yilda 791 tasiga 25 %, 4 % ga kamaygan) huquqiy tushuntirish berilgan.

Kelib tushgan shikoyatlarning 60 tasi 2,6 % (2021-yilda 61 tasi 4 %) taalluqliligi bo‘yicha belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborildi, 17 tasi 0,4 % (2021-yilda 31 tasi) ko‘rmasdan qoldirilgan, 18 tasi hozirda ko‘rib chiqish jarayonida.

Shikoyatlarning xususiyati bo‘yicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 1096 ta (710 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 769 ta;

- uy-joy masalasida 85 ta;

- yerga doir masalalar bo‘yicha 34 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 31 ta;

- bank faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 11 ta;

- boshqa masalalar bo‘yicha 1700 tani tashkil etmoqda.

2. Arizalarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:

2022-yilda jami 1027 ta, shundan hisobot davri boshidan qoldiq bo‘lib o‘tgan murojaatlar soni 3 ta, ariza kelib tushgan (2021-yilda 1699 ta, 672 taga 60 % ga kamaygan). Mazkur arizalarning 958 tasi 93 % (2021-yilda 1561 tasi 95,5 %) hal etilib, shundan 671 tasi
70 % (2021-yilda 1197 tasi 70 %) qanoatlantirilgan, 287 tasiga 30 % (2021-yilda 364 tasiga – 30 % ga) huquqiy tushuntirish berilgan, 71 tasi 7 % (2021-yilda 134 tasi 4%) taalluqligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 1 tasi (2021-yilda 5 tasi) ko‘rmasdan qoldirilgan.

Arizalarning xususiyati bo‘yicha:

qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 386 ta;

boshqa masalalarda 641 ta arizalar kelib tushgan.

 

Kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish jarayonida ayrim sohalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni boshqalariga nisbatan ko‘pligi kuzatildi.

Masalan, birgina tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘ziga qonun hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va ma’lumotlar berishni so‘rab 386 nafar fuqaro ariza bilan murojat qilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, mazkur sohaga oid murojaatlar eng ko‘p kelib tushgan hududlarda huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish va jadallashtirishga ehtiyoj katta.

Shuningdek, mehnat nizolari bo‘yicha 1096 ta shikoyat kelib tushgan bo‘lib, shundan
710 tasi oylik ish haqi masalasidagi shikoyatlardir. Bundan ko‘rish mumkinki, ayrim tashkilot va idoralarda xodimlar mehnatiga qonunda belgilangan tartibda haq to‘lash ishlari yetarli darajada olib borilmayapti. Ish beruvchilar o‘z xodimlariga oylik ish haqlarini vaqtida to‘liq to‘lab berilishini ta’minlay olmay amaldagi mehnat qonunchiligini buzib kelishmoqda. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida har bir ish beruvchi o‘zining joriy moliyaviy holatidan qat’iy nazar o‘z xodimlariga ularning mehatlari uchun belgilangan tartib va muddatlarda haq to‘lashga majburligi belgilab qo‘yilgan.

 

Rejalashtirish va samaradorlikni
baholash bo‘limi


Рўйҳатга қайтиш