Yangiliklar
«Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!»
Bugun tuman adliya bo`limi boshlig`i Abduvali Asadov Navbahor tumanidagi 16-sonli maktabda tashkillashtirilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni samimiy tabrikladi.
Katta hayotga qadam qo‘yayotgan umidli yoshlarga yuksak ishonch bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini tantanali o‘qib eshittirdi.
Fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan, o‘quv yili mobaynida a’lo baholarga o‘qib, tengdoshlari orasida namuna ko‘rsatgan o‘quvchi-yoshlarga faxriy yorliqlar topshirdi.
Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Yoshlar markazi”da yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
????Qabul davomida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda imtiyozli kreditlar ajratish masalalari yuzasidan amaliy yechimlar muhokama qilindi.
????Shuningdek, yoshlarning murojaatlarini nazoratga olish, bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
???? Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini manzilli hal etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Navbahorda o`qishni amaliyot bilan birga oilb borayotgan va dual ta`limda o`qiyotgan talaba- yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
????Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida Navbahor tumanida joylashgan 1-sonli politexnikumda dual ta`limda o`qiyotgan talaba yoshlar va tadqiqotchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
????Tadbir Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda MMTB bilan hamkorligida o‘tkazilib, unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i va mas`ul xodimlari ishtirok etdi.
????Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar, kon-metallurgiya yo‘nalishidagi ishlanmalar, ixtiro modellari va zamonaviy texnik qurilmalar bilan yaqindan tanishildi.
???? Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda ilmiy-amaliy faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
Biz tanlagan yo`l: Mustahkam oila kuchli jamiyat asosidir.
⚖️ "Ijtimoiy profilaktika haftaligi" va har haftaning chorshanba kuni "Yosh oilalar bilan ishlash kuni" doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan PQ-1 va "Nizoli oilalar bilan ishlash" doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi, FHDYo, Oila va xotin qizlar bo`limi, IIB, mahalla xodimi, shuningdek din ishlari bo`yicha mas`ul xodimlari tomonidan Navbahor tumani "Oila maskani"da nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
✅ Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.
???? Er-xotinlarni yarashtirishda va ularni baxtli manzil sari etaklashda adliyaning ko`magi beqiyos. Bu dargohdan ko`mak so`rayotganlar soni ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘i bilan tasdiqlangan nazorat-rejaning tegishli bandiga asosan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan “Hokimlik soati” seminar tadbiri tashkil etildi.
✅Tadbirda Zarafshon shahar hokimligi xodimlari, davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
✅Seminar davomida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i O.Nosirov tomonidan murojaatlar bilan ishlash tartibi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
KUN TARTIBIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH MASALASI