Yangiliklar
Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig'i Z.Maxmudov Navoiy viloyatidagi "Do'stlik va NNT" uyiga bordi. Bu yerda hududdagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Navoiy viloyatida 500 dan ortiq NNTlar faoliyat yuritmoqda. Hududda 2024-yil mobaynida gendr tenglik, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, sog'likni saqlash, yoshlar loyihalarini qo'llab-quvvatlash, korrupsiya va ekologik muammolarini oldini olishga qaratilgan 40 dan ortiq grant loyihalari amalga oshirilgan.
Muloqot mobaynida so'nggi yillarda fuqarolik jamiyati institutlariga qonunchilikda berilayotgan imtiyozlarning hududlardagi ijrosi o'rganildi hamda bugungi kunda 150 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlarni birlashtirgan O'ZNNTMA Navoiy hududiy bo'limi, milliy madaniy markazlar va boshqa nodavlat tashkilotlar faoliyati bilan tanishilib, ularining taklif va murojaatlari tinglandi.
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasida “Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda bojxona xizmatining o‘rni” mavzusida o'quv seminar tashkil etildi.
Tadbirda intellektual mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishdagi normalar, xususan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartiblarni qo‘llashga doir tavsiyalarga qaratildi. “Intellektual mulk obyektlarining bojxona reestri” haqida ma'lumotlar berildi.
Mazkur reyestrga kiritilgan huquq egasi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turishda choralar ko‘rilishi bo‘yicha murojaat qilishi mumkin. Bojxona nazoratida huquq egasi tomonidan kontrafakt deb ko‘rsatilgan tovarlar aniqlansa, bunday tovarlarning chiqarilishi to‘xtatiladi.
Shunindek, seminarda bojxona xodimlariga kontrafakt mahsulotlar tushunchasi, kontrafakt va asl mahsulotni farqlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, ularning realizatsiyasini oldini olish va shu kabi mavzularda tushunchalar berildi.
Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha qonunchilik hujjatlari, Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 71-son qarori mazmun-mohiyatini yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Navbatdagi tadbirlar Uchquduq, Nurota va Qiziltepa hamda Karmana tumanlarida mahallalar kesimida tashkil etildi.
Bunda qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlar va joriy etilgan tartiblar xususida so'z yuritildi
Adliya organlari tizimida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida huquqiy aksiya davom etmoqda. Aksiya doirasida adliya xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon kirilib fuqarolarning murojaatlari o‘rganilayapti, qonunchilikdagi yangiliklar va amaldagi tartiblar yuzasidan yuzasidan huquqiy tushunchalar berib borilmoqda.
Navbahor tumani "Armijon" -huquqiy mahallasida ham aksiya doirasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Fuqarolar bandlik, mehnat munosabatlari, aliment undiruvi, nogironlikni belgilash, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalarini olish singari masalalarda soha vakillariga yuzlanishdi.
Shuningdek, uyma-uy yurish jarayonida gaz, elektr energiyasidan foydalanishning qonunchilikda belgilangan tartibi, muqobil energiya manbalari xususida aholiga zarur tushunchalar berilib, flayer va bukletlar tarqatildi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Adliya vazirligi va Hisob palatasi mas’ul xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga muvofiq “Ijro intizomini samarali tashkil etish hamda Ijro.gov.uz elektron tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminartashkil yetildi.
Seminarda Adliya boshqarmasi mas'ul xodimlari va Navoiy viloyat hokimlik, kotibyat mudirlari, viloyat korxona va tashkilot rahbarlari, xodimlar, shuningdek tuman (shahar) hokimliklari hamda ijroga mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida xodimlarning Ijro.gov.uz tizimida nazoratda turgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarga oid savollariga Aldiya vazirligi mas’ul xodimi tomonidan atroflicha javob berildi.
Intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o‘tkazish hamda ularning huquqiy muhofazasi yuzasidan joyiga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlariga huquqiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti mas'ullari tomonidan Nurota tumanida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega bo'lishning afzalliklari to'g'risida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Xususan, “JOM MARBLE” MCHJ, “PREMIER TEXTILE” xususiy korxonasi va boshqa tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishilib, ularga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning afzalliklari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Adliya organlari tizimida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida huquqiy aksiya davom etmoqda. Aksiya doirasida adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan xonadonma-xonadon kirilib fuqarolarning murojaatlari o‘rganilayapti, qonunchilikdagi yangiliklar va amaldagi tartiblar yuzasidan yuzasidan huquqiy tushunchalar berib borilmoqda.
Xatirchi tumanida ham "Huquqiy mahalla" e'tirofidagi "Binokor" mahallasida aksiya doirasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi. Fuqarolar bandlik, mehnat munosabatlari, aliment undiruvi, nogironlikni belgilash, tug‘ilganlik va nikoh guvohnomalarini olish singari masalalarda soha vakillariga yuzlanishdi.
Shuningdek, uyma-uy yurish jarayonida gaz, elektr energiyasidan foydalanishning qonunchilikda belgilangan tartibi, muqobil energiya manbalari xususida aholiga zarur tushunchalar berilib, flayer va bukletlar tarqatildi
Navbahor tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Respublika ishchi guruhi tarkibida adliya organlari mas'ullari ham fuqaro murojaatlarini qabul qildi.
Bunda bandlik, yer, kadastr va shaxsga doir hujjatlarini rasmilashtirish, uy-joy ta'miri bank-kredit, sog'likni tiklash, nogironlikni belgilash mehnat va oilaviy munosabatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar ko'rib chiqildi.
Sayyor qabulda G'azg'on shahri,Navbahor, Xatirchi, Konimex hamda Nurota tumani fuqarolari va hudud mas'ullari ishtirok etishdi.
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Navoiy shahrida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega bo'lishning afzalliklari to'g'risida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Xususan, “NAVOIY ISHONCH GILAMLARI” MCHJ, “FAVORIT LYUKS SERVIS” MCHJ va boshqa tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishilib, ularga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning afzalliklari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlarga tegishli tovar belgilarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazi
Nurota tuman adliya bo‘limi tomonidan chegara va olis hududlardagi, ishsizlik va kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hamda “og‘ir toifadagi va murojaatlar oshgan mahallalarda aholining huquqiy madaniyatini hamda ijtimoiy faollidiini oshirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlari faol o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi targ‘ibod tadbiri Nurota tumani “Nurfaxr” MFYda tashkil etildi. Targ‘ibod tadbirida MFY fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar, mavjud tartib-taomillar tushuntirilib, savollarga javob berildi.