Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya faoliyatidan


 Xodimlarning mehnat huquqlari qonun hujjatlari bilan mustahkamlanib qo‘yilgan.Ammo ular hamma joyda ham bir xil ishlayvermaydi.Karmana tumani veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlariga 3 yil davomida ovqatlanish va yo‘l transport xarajatlari bilan bog‘liq mablag‘lar to‘lab berilmagan. 2019-yildan buyon davom etib kelayotgan mazkur holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi o‘rganish o‘tkazdi. 
 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-dekabrdagi “Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida bazaviy hisoblashning ikki baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. 
 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 275-moddasida ish beruvchi xodimning pul undirishga doir talablarini hech qanday muhlat bilan cheklamay, hamma vaqt uchun qondirishga haqli ekanligi, shuningdek xodimning pul undirishga doir boshqa talablari uch yildan ortiq bo‘lmagan muddat uchun qondirilishi keltirilgan. 
 Shu asosga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudiga da’vo kiritilib xodimlarga 939 551 280 so‘mlik qarzdorlik to‘lovlari undirib berildi.