Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya faoliyatidan


Gulsinoy aya Ishanxo‘djayeva shu yil 86 yoshni qarshi oldilar.U kishi asli andijonlik. 50 yildan buyon Uchquduq tumanida yashab kelmoqda. Uchquduq ahli ayani ustoz sifatida hurmat qiladi.U kishining tashabbusi bilan tumandagi 3- sonli birinchi o'zbek maktabiga asos solganlar. Uchquduq tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi mas’ullari onaxonning xonadoniga tashrif buyurdi.
Muloqot davomida Gulsinoy aya huquqiy masalada soha vakillaridan yordam so‘radi. Ayaning aytishiga ko‘ra, Andijon viloyati Shayxantoxur tumani Bahor ko'chasida joylashgan 6-uy ayaga qarashli. Xonadon shu kunga qadar kadastr qilolmagan ekan.Ayni paytda sog‘ligi to‘g‘ri kelmagani uchun Adijon viloyatiga borishning imkoni yo'q.
Uchquduq tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan sayyor tartibda ko‘rsatilgan davlat xizmati orqali onaxonning mushkuli oson bo‘lib, Andijondagi xonadon uchun kadastr hujjatlari tayyorlandi.