Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Adliya faoliyatidan


Mamlakatimizda “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” degan ulugʻvor gʻoya hayotdan mustahkam oʻrin egallab, xalqimizning qonunlarga, sud-huquq sohasidagi islohotlarga hurmatini oshirmoqda.Bu notariat sohasida ham oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida shu haqda soʻz yuritildi.
Aytib oʻtish joizki,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 9-sentyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida notarial tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, bosqichma-bosqich xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar foaliyatining tashkil etib borilishi aholiga bir qator qulayliklarni yaratdi.Eng katta yangilik mazkur sohada mol-mulklar bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashda bir qator talablar bekor qilinganidir.Muloqot davomida mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berilib,viloyatda kesimida notariuslar notariuslar faoliyati tahlil etildi. 
Shuningdek, eng koʻp kuzatilayotgan notarial harakatlar, fuqarolar murojaatlarini hal etish darajasi, tizimda raqamli texnologiyalarning joriy etilganligi boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.