Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya faoliyatidan


Kasaba uyushmasi bilan kelishmay xodimni ishdan boʻshatib yuborilishi natijasida koʻplab holatlarda ish beruvchi sudda yutqazganligining guvohi boʻlganmiz.

Qaysi hollarda mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda kasaba uyushmasi bilan kelishiladi? 

Mehnat kodeksining 101-moddasiga asosan: 

1. Jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan boʻlsa.

2. Korxona tugatilishi munosabati bilan.

3. Xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda. (MK-100 modda 2-band)

4.  Xodimning oʻz mehnat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi va xodimning oʻz mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda. (MK-100 modda 3-4-band)

5. Oʻrindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan.

6. Korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi munosabati bilan.

7. Xodimning pensiya yoshiga toʻlganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud boʻlganda.