Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya faoliyatidan


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish boʻlimi tomonidan kontrafakt mahsulotlariga qarshi kurashish boʻyicha “KONTRAFAKT MAHSULOTLARI SAVDOSIGA QARSHIMIZ” loyihasiga start berildi.Loyiha doirasida maxsus reja boʻyicha tuman va shahar markaziy dexqon bozorlari, savdo markazlarida  profilaktik kuzatuv tadbirlari tashkil etilmoqda.Dastlabki targʻibot Navoiy shahri hududida tashkil etildi.
-Man Navoiy shahridagi Meʼmorlar mahallasi hududida yashayman, kasbim oʻqituvchi.Albatta, hamma qatori men ham isteʼmolchiman.Turmushimiz davomida, tozalik gigiyena , oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qilamiz.Toʻgʻrisi bundan bir necha yil oldin kishilar mahsulotni  arzon narxda boʻlishiga eʼtibor berishgan.Bugungi zamonning isteʼmolchisi unday emas, imkon qadar sifatli narsalar olishga harakat qilamiz .Ammo, arzon mahsulotni qimmat narxga “original tovar”deb sotayotganlar ham koʻp .Uni ishlatib koʻrgach sezish mumkin koʻp hollarda. Bozorlarimiz ana shunday mahsulotlardan tozalansa yaxshi boʻlardi.-deydi fuqaro Gulmira Saʼdullayeva
Bugungi kunda adliya organlari tizimida ana shu maqsadda huquqiy targʻibot va tushuntirish hamda reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Maqsad bitta, aholi sifatli mahsulot va xizmatdan bahramand boʻlsin.