Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya faoliyatidan


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholi oʻrtasida, xususan oʻquvchi va talabalar hamda davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi targ'ibot tadbiri Abu Ali ibn Sino nomidagi texnikumda o'tkazildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonuni to'g'risida ma'lumot berilib, u – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to'liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi haqida ma'lumotlar berib o'tildi.