Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Bilasizmi


   SAVOL: Men yolgʻiz onaman. 2 nafar farzandimga sobiq otasi aliment toʻlaydi. Yaqinda oʻgʻlim yiqilib oyogʻini sindirib oldi. Dori darmonga, davolatishimga mablagʻ kerak boʻlib, sobiq turmush oʻrtogʻimdan soʻradim. Chunki u tadbirkor, daromadi yaxshi. Lekin u aliment toʻlayapman, boshqa pul bermayman deb aytdi. Aliment dori darmonlariga, davolanishiga yetmayapti. Qanday yoʻl tutsam boʻladi?
    Savolga viloyat adliya boshqarmasi xodimi Rahmatulla Ibrohimov  javob beradi.
    JAVOB: Oila Kodeksining 103-moddasiga koʻra favqulodda holatlarda, masalan, bola ogʻir shikastlansa, kasal boʻlsa va boshqa holatlarda ona bolaning taʼminoti uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarni otadan talab qilishi mumkin.
    Bu moddada qoʻshimcha xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan otadan sud uning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qoʻshimcha xarajatlarni qisman pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkinligi belgilangan.
    Yaʼni, agar ushbu harajatlarni sobiq turmush oʻrtogʻingiz moliyaviy ahvoli boʻla turib, ixtiyoriy tarzda toʻlashdan bosh tortgan boʻlsa, sud orqali undirishingiz mumkin.