Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Bilasizmi


"Oila" kodeksining 228-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud bo‘lib, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilish haqidagi yozuvlar daftariga o‘zgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi deb belgilangan.
Shunga ko‘ra, Siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan birgalikda shaxsingizni tasdiqlovchi xujjat hamda farzandingizni tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bilan o‘zingizga yaqin joydagi tuman (shahar) FHDY bo‘limlariga murojaat etishingiz mumkin.
Savolga Nurota tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY idorasi mudirasi Zebiniso Mirzayeva javob berdi.