Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Huquqiy targ'ibot


   Kishilar jamiyatda haq- huquqlarini bilib, burchlarini anglay boshlasa ijtimoiy tartib yuzaga keladi. Ijtimoiy tartib, bu navbat kutishlarning kamayishi, urush, janjallarning barham topishi, huquq buzarliklarga chek qo‘yish, oilaviy va mehnat munosabatlarida adolatning ta’minlanishi, o‘zaro hurmat va ijobiy ma’nodagi sog‘lom raqobat muhiti degani. Shu me’zonlar orqali jamiyatdagi huquqiy madaniyatga baho berish mumkin.
   Adliya organlari bugun ana shu tartiblarning asosi- qonun hujjatlari mazmun mohiyatini targ‘ib etish, Prezident hujjatlari ijrosi yuzasidan nazorat olib borish,fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlar himoyasi bo‘yicha o‘z faoliyatini tashkil etib kelmoqda.Xalq deputatlari Konimex tuman kengashining    49-sessiyasi kun tartibidan ana shu mavzu o‘rin oldi.
    Sessiyada tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Isroilov so‘zga chiqib, tumanda huquqiy targ‘ibot ishlarining olib borilishi, aholining mazkur sohada savodxonligini oshirish, huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida ma’ruza qildi.
    Hisobotda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari haqida ham to‘xtalib o‘tildi.