Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Huquqiy targ'ibot


     Navoiy viloyat adliya boshqarmasi,Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali hamkorligida davlat organlari va tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining            2022-yil   14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori mazmun mohiyatini oʻrganish yuzasidan oʻquv- seminari tashkil etib borilmoqda.
     Maxsus reja-grafik asosida o‘tkazilayotgan tadbirlarning navbatdagisi viloyat yuridik texnikumida bo‘lib o‘tdi.Muloqot davomida, davlat fuqarolik xizmatchilari xulq-atvorining umumiy qoidalari, kasbiy madaniyatga oid odob-axloq qoidalari, xizmatni oʻtash balki undan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari, shu bilan birga, rahbar xodimlarning majburiyatlari ham alohida belgilab qoʻyilganligi atroflicha tushuntirildi.
    10 ga yaqin boshqarmalar xodimlari ishtiok etgan seminar davomida mavzuga doir videorolik namoyish etilib, maʼruzalar taqdimot koʻrinishida yoritib berildi.