Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Bilasizmi


 Bugungi kunda ayrim fuqarolar tomonidan uy-joy ijarasi orqali koʻproq daromad olish maqsadida avval ijaraga berilgan kvartiralardan ijarachilarni majburlab chiqarib yuborish yoki asossiz ravishda narxni oshirish holati kuzatilayotgani yuzasidan savollar kelib tushmoqda.
     Uy-joy egalarining ushbu harakatlari Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablarini buzilishiga sabab boʻlishi hamda kvartiralarni ijaraga berishning ayrim muhim huquqiy asoslari toʻgʻrisida eslatib oʻtmoqchimiz.
      Kvartirani ijaraga berish boʻyicha shartnoma shakli
      Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
      Bunda shartnoma soliq organlarida davlat hisobiga qoʻyilishi kerak.
      Shartnomani davlat hisobiga qoʻyish ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi.
      Shartnomani davlat hisobiga qoʻyish ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va bu shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
       Ijaraga beruvchi shartnomani davlat soliq organlarida hisobga qoʻymasa BHMning 5 baravaridan (1 mln 500 ming soʻmdan) 10 baravarigacha (3 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
       Ijara shartnomasining muddati
       Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. 
       Shartnomada muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u 5 yilga tuzilgan hisoblanadi.
       Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi.

       Yuqoridagilarga koʻra, shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

          Orif Nosirov                                                                    Zarafshon shahar adliya                                                                                                    bo‘limi boshlig‘i 1-darajali yurist