Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Bilasizmi


         2018 yil 3 iyulda Oʼzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʼgʼrisida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan fuqarolik huquqiy munosabatlar, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa, taraflarning mediatsiyani qoʼllash bilan bogʼliq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʼlsa taraflarning xohish-istagi asosida, suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida koʼrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomili qoʼllanilishi belgilandi.
        Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar oʼzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʼmagida hal qilish usuli. Qabul qilingan hujjatga asosan u nizolarning 3 ta toifasi boʼyicha amalga oshirilishi mumkin:
•       fuqarolik huquqiy munosabatlardan, sh.j. tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar;
•       yakka mehnat nizolari;
•       oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar.
 
        Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yoʼl bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya — yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Oʼzbekistonda ham chinakam bozor mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi.
         Аyni paytda Oʼzbekistonda nizolarni hal qilishning muqobil usuli, mediatsiyadan foydalanish amaliyotga kiritildi.
        Аsosan Mediatsiya — ingliz tilidan tarjima qilinganda “vositachilik” maʼnosini anglatadi. U kelib chiqqan nizoni taraflarning oʼzaro maqbul qarorga erishish maqsadidagi ixtiyoriy roziligi asosida, xolis boʼlgan shaxs, yaʼni mediator koʼmagida hal qilish usulidir. Bugungi kunda Oʼzbekistonda mediatsiyaga oʼxshash yarashtiruv protseduralari turli nizolarni hal etishda qoʼllanib kelinadi. Jumladan, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari tomonidan nizolashayotgan taraflarni, xususan, qoʼshnilar oʼrtasidagi nizolarni, oilaviy nizolarni yarashtirish faoliyatini ham mediatsiyaning bir shakli sifatida koʼrish mumkin. 
           Jamiyatimizda avvaldan mahalla raislari qoʼshnilar, oila aʼzolari, er-xotin oʼrtasidagi nizolarni hal etish vazifasini, yaʼni mediator vazifasini bajarishgan.
        Xorijiy davlatlarda xususan, Buyuk Britaniyada mediatsiya barcha turdagi sud ishlarida qo‘llaniladi. Probatsiya xizmati orqali jabrlanuvchi va ayblanuvchi o‘rtasida yetkazilgan zararni bartaraf etish lozimligini tushuntirib vositachilikni amalga oshirish mumkin. Аgar mediatsiya jarayonida tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilsa va shartnoma imzolansa, ishni ko‘rayotgan sudya buni jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida eʼtiborga oladi. Natijada ikkala tomon ham manfaat ko‘radi. Jumladan, jabrlanuvchi aybdorga jazo tayinlash jarayonida bevosita qatnashgan holda, shartnomaning majburiy sharti bo‘lgan kompensatsiya miqdorini o‘zi belgilaydi. O‘z navbatida aybdor ham o‘ziga nisbatan tayinlanayotgan jazoning yengillashtirilishida manfaatdor bo‘lib hisoblanadi.
        Buyuk Britaniyada qo‘llaniladigan mediatsiyaning yana bir turi bu politsiya mediatsiyasi bo‘lib, dastlab voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilganda qo‘llanilgan, keyinchalik esa aybdor yoshidan qatʼi nazar barcha yoshdagilarga nisbatan qo‘llanila boshlangan.