Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Huquqiy targ'ibot


    Navoiy viloyat adliya boshqarmasi,Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali hamkorligida davlat organlari va tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining   2022-yil   14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-sonli qarori mazmun mohiyatini oʻrganish bo‘yicha viloyat yuridik texnikumida navbatdagi oʻquv- seminari tashkil etildi.
    Tadbirda davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin xodimlar ishtirok etishdi.Muloqot davomida, davlat fuqarolik xizmatchilari xulq-atvorining umumiy qoidalari, kasbiy madaniyatga oid odob-axloq qoidalari, xizmatni oʻtash balki undan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari, shu bilan birga, rahbar xodimlarning majburiyatlari ham alohida belgilab qoʻyilganligi atroflicha tushuntirildi.