Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Huquqiy targ'ibot


Uchquduq tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun mohiyatini oʻrganish boʻyicha tuman davlat organlari va tashkilotlarida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Muloqot davomida, davlat fuqarolik xizmatchilari xulq-atvorining umumiy qoidalari, kasbiy madaniyatga oid odob-axloq qoidalari, xizmatni oʻtash balki undan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari, shu bilan birga, rahbar xodimlarning majburiyatlari ham alohida belgilab qoʻyilganligi atroflicha tushuntirildi.

Mazkur yoʻnalishdagi targʻibot tadbirlari davom etmoqda.