Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Huquqiy targ'ibot


Zarafshon shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi mas'ullari  tomonidan davlat idora va tashkilotlarining xodimlari ishtirokida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2017 y 8-fevral 2761-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1013-son qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Zarafshon shahar davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning elektron tizim orqali oʻz vaqtida qabul qilib olinishi va hududiy boʻlinmalariga yetkazilishi hamda faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar tushuntirildi.