Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya faoliyatidan


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari tomonidan xatirchiliklar murojaatlarini manzilli o‘rganish va aholiga huquqiy ko‘maklashish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Unda “Uyshun”, “Uyrot”, “Xonqa” va “Yangi” mahallasi fuqarolari ishtirok etishdi.
Muloqot dastlab “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar hamda yoshlar muammolarini tinglashdan boshlandi. Ularning turmush sharoiti, salomatligi, oilaviy ahvoli, qo‘shimcha daromad topish uchun ko‘maklashish maqsadida mavjud imkoniyatlar huquqiy jihatdan o‘rganib chiqildi. 
-Men uchun juda og‘riqli bo‘lgan bir masalani sayyor qabul davomida ijobiy hal etishga muvaffaq bo‘ldim. Bu farzand asrab olish bilan bog‘liq. Bolamga shu kunga qadar tug‘ilganlik guvohnomasi ololmayotgan edim. Chunki, avval boshdan  kerakli hujjatlarni tayyorlamaganman.Bugun, adliya xodimlari menga shu bo‘yicha huquqiy tushuntirish berib, guvohnoma olishim uchun barcha hujjatlarni tayyorlashimda yordamlashishdi.Ishim qariiyb sakson foizga hal bo‘ldi.Endi guvohnomani chiqishini kutaman.Buning uchun adliya xodimlaridan juda minnatdorman.-deydi “Xonqa” mahallasida yashovchi M.Islamova
Manzilli sayyor qabul davomida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarga mehnat munosabatlari, bandlik, davlat xizmatlaridan foydalanish, oilaviy munosabatlarga oid bir qator masalalarda tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. 
Shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar mobil.id tizmi haqida va uning qulayliklari to'g'risida tushinchalar berilib 15 dan ortiq xizmatlar ko'rsatildi.