Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya faoliyatidan


Ijand qishlogʻi 117 mingdan ortiq aholisi bor boʻlgan Navbahor tumanining eng olis manzillaridan biri. Ijandliklar tuman markaziga borishi uchun bir soat yoʻl yuradi. Yoʻl olisligi, vaqti ketishini inobatga olib mazkur hududda adliya tizimi aholi murojaatlarini oʻrganish uchun sayyor qabullar oʻtkazib turadi. Shunday tadbir Qiziltepa mahalla fuqarolari yigʻini hududida oʻtkazilib, unda 4 ta mahalla aholisi ishtirok etdi. 
Qabulda moddiy yordamga muhtoj, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi. Manzilli sayyor qabul davomida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlarga mehnat munosabatlari, bandlik, davlat xizmatlaridan foydalanish, oilaviy munosabatlarga oid bir qator masalalarda tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.
Har kimning masalasi oʻziga xos. Kimdir uy-joy dardida, kimdir salomatligini tiklash, yana birov moddiy yordam-u, huquqiy koʻmak olish istagi bilan qabulga kelgan. Bundan uy taʼmiri, aliment undiruvi, ish stajini tiklash, tadbirkorlik subʼekti ochish va mehnat munosabatlariga oid masalalar ham qabul davomida diqqat markazida boʻldi. Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlar adliya ish yurituviga qabul qilindi.