Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya faoliyatidan


Maʼlumki, respubikamizda 2022-yilning 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi. 
Mobil-ID tizimi - fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Faqat bundan moliyaviy xizmatlar mustasno.  Mobil-ID tizimi esa mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan barcha aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.
Mazkur jarayon joylardagi davlat xizmatlari markazlari xodimlarining huquqiy va amaliy koʻmagi bilan amalga oshirilmoqda. Karmana tumani adliya boʻlimi DXM xodimlari tomonidan Navoiy kon metallurgiya konbinati xodimlari mobile-ID tizimiga identifikatsiya qilinmoqda.