Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya faoliyatidan


Navoiy viloyatining barcha umumta’lim muassasalari kabi Karmana tumanining 
5-umumta’lim maktabida ham logoped shaxobchasi tashkil etilgan. Gulbahor Xolmo‘minova ana shu maskanda nutqida nuqsoni bor bolalar bilan ishlaydi.Mutaxassisligi difektolog logoped.O‘quvchilari uni onam deb alqashar ekan.O‘qituvchining aytishicha bunday bolalar ustoziga onasidek mehr qo‘ymasa, nutqini to‘g‘irlay olmaydi yoki o‘qishdan butunlay bosh tortishi mumkin.Defektologiya sohasining o‘ziga xos mashaqqatlari bor.Shu bois, hukumatimiz tomonidan mazkur yo‘nalishda dars beradigan o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha bir qator imyozlar belgilangan.Biroq ular karmanalik soha vakillariga nisbatan amalda qo‘llanilmagan. Haq-huquqlarini tiklab berish vajidan o‘qituvchi tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.
    O'zbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasining "O'qituvchilar va o'quvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 409-sonli qarorida jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun maxsus o‘quv-tarbiya sinflarida ishlaydigan pedagog xodimlar, ruhshunoslar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining stavkalari va oylik lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq 2 baravar oshirilishi belgilangan.Shu asosga ko‘ra adliya xodimlari tomonidan o‘rganish olib borildi.Aniqlanishicha, Gulbahor Xolmo‘minovaga 3 yil davomida qonunchilikda belgilangan ustama mablag‘lari to‘lab berilmagan.
    Adliya bo‘limi tomoni Sudga da’vo arizasi kirirtilib murojaat to‘liq qanoatlantirildi.3 yillik ustama haqlari hisobi chiqarilib o‘qituvchiga 50 milliondan ortiq pul mablag‘lari to‘lab berildi. Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi arizalarni qabul qilish va o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Aziz Axmedov
Karmana tuman adliya bo‘limi boshlig‘i