Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Adliya faoliyatidan


Mamlakatimiz bo'ylab ommaviy harakatga aylangan "Yashil makon" dolzarb 40 kunligida adliya organlari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan,Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va uning quyi tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari xalq hashariga hissa qo'shdilar. Viloyat yuridik texnikumi hududida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. 
- Barchamiz bir bo'lib erta tongdan ishga kirishdik." Yer odamni zahrini oladi" degani rost gap.Ko'chat o'tqazish jarayonidan yer bilan tillashib, birdamlikda teng harakatlanganimiz  ham kayfiyatga, ham salomatlikka ijobiy ta'sir qildi. Bu kabi hasharlar bizda an'anaga aylangan.O'tgan yillar davomida ekkan ko'chatlarimiz ancha cho'zilib qolgan. Ularni ko'rib bahri- dilimiz yayradi.-deydi Navoiy shahar adliya bo'limi boshlig'i Azamat Xolmo'minov.
 Yashil makon" dolzarb 40 kunligi doirasida tashkil etilgan tadbirda 400 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. An'ana tarzida tashkil etib kelinayotga hashar doirasida yerga qadalgan mingdan ortiq ko'chatlar bugun texnikum hududini bog'ga aylantirgan. Bu adliya bog'idir.