Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bilasizmi


Oila kodeksining 38-moddasida er-xotinni nikohdan ajratish sud tartibida yoki fuqarolik holati dalolatnomlarini qayd etish (FHDY) organlarida amalga oshirilishi belgilangan.

Er-xotinning voyaga yetmagan farzandlari bo‘lsa, shuningdek o‘zaro orada nizo mavjud bo‘lgan hollarda nikohdan ajratish sud tomonidan amalga oshiriladi.

Xo‘sh, qanday hollarda er-xotinni FHDY organlarida nikohdan ajratish mumkin?

Er-xotin har ikkisining o‘zaro roziligi yoki er-xotindan birining arizasi bilan FHDYO organlarida nikohdan ajratish mumkin.

Birinchi holat – er-xotin har ikkisining o‘zaro roziligi. Oila kodeksining 42-moddasiga ko‘ra “voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o‘zaro rozi bo‘lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratilishi mumkin”. Ya’ni, er-xotinning 18 yoshga to‘lmagan bolalari bo‘lmasa, o‘zaro nikohdan ajratishga rozi bo‘lsalar FHDY organlarida nikohdan ajratish mumkin.

Shuningdek, ushbu moddaning 2-qismida er-xotin o‘rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish to‘g‘risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo bo‘lgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli yekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ya’ni agar mehnatga layoqatsiz (misol uchun nogironligi bo‘lgan) er-xotindan biri ikkinchisiga moddiy ta’minot berishi to‘g‘risida yoki ular o‘rtasida umumiy mulkni (nikoh tuzilganidan so‘ng yer-xotinning birgalikda orttirgan mol-mulkini) bo‘lish bo‘yicha nizo bo‘ladigan bo‘lsa, ular sudga murojaat qilishlari mumkin.

Ikkinchi holat – er-xotindan birining arizasi. Oila kodeksining 43-moddasida: er-xotindan biri:

sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;

sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;

sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari borligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagi holatlar mavjud bo‘lsa-da, agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.

Shuni ta’kidlash joizki, agar er-xotinning tasarrufida nikohdan keyin orttirilgan umumiy mol-mulk bo‘lsa, lekin umumiy mol-mulkni bo‘lish yuzasidan nizo mavjud bo‘lmasa, FHDY organlarida nikohdan ajratish mumkin.

Laziz HAMRAYEV
Navoiy shahar adliya bo‘limi xodimi