Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bilasizmi


Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident qarori (PQ–415-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi
 Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:
 quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:
▫️mas'uliyati cheklangan jamiyatlar;
▫️aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko'p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
 MCHJning ta'sis shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish;
 MCHJning vakillariga umumiy yig'ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
 MCHJda zaxira jamg'armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.
 2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to'xtatiladi.
 2023-yil 1-apreldan:
MCHJ ustav fondiga qo'shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko'p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo'lishi mumkin emas;
yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o'tgan hisoblanadi.
 2023-yil 1-iyuldan xo'jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to'lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo'zg'atilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e'lon qilinadi.