Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Adliya faoliyatidan


Navoiy viloyat adliya organlari tizimida “Ommaviy sayyor qabullar haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. Qabullar asosan viloyatning chekka hududlari va aholi murojatlari ko‘paygan mahalla fuqarolari yig‘inlarida tashkil etilayapti. Ana shunday maskanlardan biri Navbahor tumanining “Sovungar” mahallasidir. Qabulda Sovungarga qo‘shni Karvon va Arabsaroy mahallasi fuqarolari ham ishtirok etishdi.
Aytib o‘tish joiz buguni  kunda Navbahor tumanida 518 nafar xotin qiz “Ayollar daftari”kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra ro‘yxatda turgan  ehtiyojmand ayollarning 5 foizi mazkur hudud hissasiga to‘g‘ri keladi.Sayyor Qabul davomida  ana shunday xotin-qizlar va yoshlar,kam ta’minlangan oila vakillarining murojaatlari tinglandi.
Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi.Oydin aya Allayeva ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi farzandini ish bilan ta’minlash va uy-joy merosi  bilan bog‘liq.Tegishli mutaxassislar ko‘magida  ayaga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilib, murojaatni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.
Nazira Muhitdinova bugungi kunda ikkinchi guruh nogironi.Ancha yil;dan buyon oilaning yolg‘iz boquvchisi sifatida ishlab kelgan ayol endilikda farzandining o‘qishi uchun shartnoma pullarini to‘lab berishda amaliy yordam so‘radi
Sayyor qabul davomida yo‘l? uy-joy ta’miri, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.Aholining 30ga yaqin muammosi  ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi.
Shundan so‘ng fuqarolar ga,haydovchilik guvohnomasini almashtirish, elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 10 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.