Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliya: Navoiyda FHDY idoralari "Jamoatchilik Kengashi" ish boshladi


Adliya: Navoiyda FHDY idoralari "Jamoatchilik Kengashi" ish boshladi

Kengashning ilk o‘rganishi Konimex tumani FHDY idorasi bo‘ldi. “Jamoatchilik Kengashi”ning faoliyati qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquq va manfaatlarini himoya qilish, qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini o‘z vaqtida va tegishli tartibda rasmiylashtirish tamoyillariga asoslanadi.

“Jamoatchilik Kengashi” FHDY bo‘limlarining faoliyatini o‘rganadi, natijalarini yig‘ilishlarida muhokama qiladi. FHDY sohasiga taaluqli me’yoriy hujjatlarga, xususan Oila kodeksi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari, FHDY organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma, Adliya vazirligi va adliya boshqarmasining tegishli buyruqlariga qat’iy amal qilishi va uni amaliyotda qo‘llashda FHDY bo‘limlariga rahbarlik qiladi. Amaliy yordamlar natijasida aniqlangan ijobiy ish tajribalarini o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.