Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

E’TIBOR VA E’TIROF


NAVOIY VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI XODIMLARINING BIR GURUHI TAQDIRLANDI

   Navoiy viloyati adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda erkin va farovon turmushimiz asosi hisoblanmish bosh qomusimizning xalqaro nufuzi va xalqimiz hayotidagi o'rni haqida so'z yuritildi.Shundan so'ng, adliya organlari tizimida samarali faoliyat yuritgan, tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan namuna ko‘rsatolgan bir guruh xodimlar alohida e’tirof etildi.
Xususan, viloyat adliya boshqarmasi , viloyat yuridik texnikumi,notarius,  Xadicha Sulaymonava nomidagi Respublika sud  ekspertiza markazi Navoiy viloyat filiali vakillaridan jami 18 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik esdalik nishoni, Navoiy viloyat FHDY arxivi mudirasi M. Qo‘ldosheva  "Adliya a'lochisi" ko'krak-nishoni , viloyat adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi D.Kattayeva “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak-nishoni bilan, 1 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri faxriy yorlig‘I, 10dan ortiq soha vakillari adliya boshqarmasi boshlig‘ininng tashakkurnoma va faxriy yorliqlari bilan  taqdirlanishdi.
Kasbga sadoqat, mehnatsevarlik va fidoyilik e’tibor va hurmatga munosib.Bu adliya qadriyatlarining asosiy tamoyillaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi arafasida tizimda namunali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning rag‘batlantirilayotgani, kelgusida yangi g‘oya va tashabbuslarning yanada ortishi, ishchanlik muhitining tizimli ravishda shakllanib borishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.