Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

ADLIYA HAMKORLIGIDA 3-SEKTORDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI


  Xatirchi tumani 3-sektor hududida  Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining sayyor qabuli tashkil etildi. Bugungi kunda 3-sektor 19 ta mahalla fuqarolar yig‘inini qamrab olgan. Navbatdagi muloqot “Bog‘ishamol” mahallasida o‘tkazilib, unda “Huddon”, “Galabek”, "Dehqonobod" mahalla fuqarolari qatnashishdi.
Bugugngi kunda bizning “Bog‘ishamol” mahallamizda 2371 nafar fuqaro va 679 ta oila istiqomat qiladi. 35 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Sayyor qabulda fuqarolarimizning aksariyati o‘zlarining masalalari bilan mas’ullarga murojaat qildilar.Mahallamizda asosiy muammo issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq.Bundan tashqari, nogiron bolani tarbiyalayotgan,sud huquq tizimida muammosini hal etolmayotgan, boquvchisi yo‘qligi uchun kam ta’minlangan oilalar bor.Ularning ko‘pchiligi huquqiy yordamga muhtoj.Bugungi qabul davomida  fuqaqrolarimizning ana shu kabi masalalariga yechim topildi.Bundan biz ham xursand bo‘ldik,qabul bizga yordam bo‘ldi.-deydi “Bog‘ishamol” mahallasi raisi Asror Xoliqov
 Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi.Vasila Qarshiyeva ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi sifatli bepul tibbiy xizmat olish orqali sog‘ligini tiklash bilan bog‘liq.Tegishli mutaxassislar ko‘magida  fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, murojaatni ijobiy qanoatlantirish uchun kerakli hujjatlar hozirlandi.
Munira Begmatova ijtimoiy kam ta’minlanganlar ro‘yxatida turadi.U qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida imtiyozli shartlarda yer olish bo‘yicha murojaat qildi.Fuqaroning ishi tegishli tartibda o‘rganilib amaliy yordam ko‘rsatildi.
Sayyor qabul davomida yo‘l, uy-joy ta’miri, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyaqtini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.Aholining 30ga yaqin muammosi  ijobiy hal etish maqsadida adliya organlariga ish yurituviga qabul qilindi.
Shundan so‘ng fuqarolar ga,haydovchilik guvohnomasini almashtirish, elektron imzo olish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 10 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.