Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Kimlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida to‘lovlarda chegirmalar mavjud?


   Quyidagi toifadagi shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi:
«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.
Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.
Savolga Konimex tumani adliya bo‘limi DXM direktori Farxod Bo‘riyev javob berdi