Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

OʻZIMIZ KELDIK...


2022-yilning 30-dekabrida Qiziltepa tumanining “Ayronchi” mahallasida yangidan qurilgan  37-DMTT foydalanishga topshirilgan edi. Bu koʻpchilik fuqarolar uchun kutilgan yangilik bo‘ldi.Ayni paytda mahalla ahli farzandini muassasaga roʻyxatga qoʻyishga oshiqmoqda. Maʼlumki, mazkur jarayon bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari orqali hujjatlashtirilayapti.
       Ayni paytda aholiga qulaylik yaratish maqsadida tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari shu yerning oʻzida xizmat koʻrsatishmoqda.
-  Hozirgi sovuqda uydan bir qadam chiqishga odam erinadi.Mani oʻzim 65 yoshdaman, kelinimni yana bitta yosh bolasi borligi uchun katta nabiramni roʻyxatga oʻzim qoʻydirib ketish uchun keldim.Baraka topsin davlat xizmatlari markazi xodimlari ana shunday paytda bizni ovora qilmay oʻzlari mushkulimizni oson qilishayapti.Hammamizni ishimiz shu yerning oʻzida bitayapti.deydi mahalla fuqarosi G.Berdiyarova