Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Quyidagi sabablar bilan bolaning bog'chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to'langan to'lovlar keyingi to'lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:


Quyidagi sabablar bilan bolaning bog'chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to'langan to'lovlar keyingi to'lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi:
bolaning yoki oila a'zolarining kasalligi sababli; 
karantin holatida bo'lganligi tufayli; 
ota-onalardan birining ishdan (o'qishdan) bo'sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko'ra. 

Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to'lov miqdoriga ko'paytirilib, keyingi to'lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. 

Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to'lov hali amalga oshirilmagan bo'lsa, to'lanishi lozim bo'lgan to'lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to'lov summasiga kamaytiriladi.

Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bog'chaga qatnashi butunlay to'xtatilgan taqdirda, to'lov to'liq bo'lmagan oy uchun, ya'ni bola amalda bog'chaga qatnagan kunlar uchun to'lanadi.