Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

KARAKATADA SAYYOR QABUL


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasining navbatdagi sayyor qabuli Konimex tumanining “Karakata” ovul fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.
 “Karakata” OFY tuman markazidan 130 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ayni paytda hududda 6 ta ovul mavjud. Istiqomat qiluvchi fuqarolar soni 1566 tani tashkil etadi. Hudud ahlining asosiy mashg‘uloti chorvachilik.Muammolarning aksariyati bandlik, yo‘l, tibbiy xizmat va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq.
 Qabulga kelgan fuqarolar ana shu kabi muammolar bilan mutasaddilarga murojaat qildi. Bunda kimdir salomatligini tiklash, kimdir uy-joy olish, kimdir bandlik, yana birov mehnat va oilaviy munosabatlarda huquqlarini tiklash istagida. 
 Fuqarolarning masalalari o‘z joyida mas’ullar ishirokida ko‘rib chiqilmoqda.
 Bundan tashqari qabulga kelganlar,haydovchilik guvohnomasini almashtirish, mobil ID tizimiga identifikatsiya qilish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy ma’lumotnomalar olish bo‘yicha ham bir qator davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ayni paytda qabul davom etayapti.