Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

HUQUQ VA TAHSIL


Navoiy viloyat yuridik texnikumida bugungi kunda 400ga yaqin o‘quvchi tahsil olmoqda. Muassasada dars jarayonlari amaliyot bilan uyg‘unlikda olib boriladi.Amaliy mashg‘ulotlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlarda tashkil etilishi an’anaga aylangan. Navbatdagi dars viloyat adliya boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.
 Mashg‘ulot avvalida yoshlar uchun boshqarma ma’muriy binosida tur o‘tkazilib, ularga adliya organlari faoliyati tarixi, bugungi kunda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
 Shundan so‘ng, inson huqularini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo‘llash amaliyoti va mazkur yo‘nalishdagi qonunchilik tizimi to‘g‘risida tushunchalar berilib, yoshlar o‘rtasida munozara tashkil etildi