Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

KONIMEXDA OMMAVIY SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI


 Konimex tumanining “Do‘stlik” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Najmiddinov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.Muloqot davomida100 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi.
 Aytib o‘tish kerak,bugungi kunda mahallada 1881 nafar aholi, 504 ta xonadon istiqomat qilamoqda                                                                                                                                                  
 Qabulga kelgan fuqarolarning muammosi turfa xil. Kimdir salomatligini tiklash, kimdir uy-joy olish, kimdir bandlik, yana birov mehnat va oilaviy munosabatlarda huquqlarini tiklash istagida. BAxtiyor Tursunmurodov ham sog‘ligini tiklash va ayolining ruhiy holati turg‘un bo‘lmaganligi  amaliy yordam so‘radi.
  Sayyor qabul davomida yo‘l, uy-joy ta’miri, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, bank-kredit masalalarida ham bir qator murojaatlar kelib tushdi.
Shundan so‘ng fuqarolarga,haydovchilik guvohnomasini almashtirish, mobil ID tizimiga identifikatsiya qilish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy ma’lumotnomalar olish bo‘yicha 20 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.