Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

ADLIYA XALQ ORASIDA


 Navoiy shahridagi “Vatan” va “Kimyogar” mahallasi fuqarolari uchun adliya boshqarmasi  boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Primov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sektor rahbarlari ishtirok etishdi.
 Aholini qiziqtirgan asosiy muammolar bandlik, kommunal xizmat,moddiy yordam, tibbiy xizmat olish, mehnat va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq.
 Qabulga kelgan fuqarolar ana shu kabi muammolar bilan mutasaddilarga murojaat qildi. Bunda kimdir salomatligini tiklash, kimdir uy-joy olish, kimdir bandlik, yana birov mehnat va oilaviy munosabatlarda huquqlarini tiklash istagida. 
 Fuqarolarning masalalari o‘z joyida mas’ullar ishirokida ko‘rib chiqildi.
 Madina Ergasheva xonadoni bugungi kunda kam ta’minlangan oilalar qatoriga kiradi.Uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bor.Qabulda bir nafar farzandini davolatish va kichik bolasini imtiyozli shartlarda bog‘chaga joylashtirish masalasida amaliy yordam so‘radi. Fuqaroning ishi tegishli tartibda o‘rganilib amaliy yordam ko‘rsatish uchun hujjatlar hozirlandi.
 Bundan tashqari qabulga kelganlar,haydovchilik guvohnomasini almashtirish, mobil ID tizimiga identifikatsiya qilish, e-auksionda ishtirok etish, tibbiy ma’lumotnomalar olish bo‘yicha ham bir qator davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi