Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

HAR BIR INSON ISLOHOTNING BIR BO‘LAGIDIR


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi JIED beshinchi mintaqaviy hudud 11-son jazoni ijro etish koloniyasida viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida huquqiy targֲibot tadbiri tashkil etildi.

 Muloqot davomida mahkumlaarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar xususida ma’lumot berib o‘tildi.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son, 2023-yil   25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14-son farmoni mazmun mohiyati haqida tushuncha berildi.

 Bundan tashqari, mamlakatimizda axborot tizimini jadal rivojlantirish, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, turli axborot tizimlarida va masofaviy xizmat koʻrsatishda shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani tog‘risida gapirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida indentifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6065-sonli farmoni mazmun-mohiyati va hujjat ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib oʻtildi.