Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

ADLIYA XALQ ORASIDA


Gʻozg‘on shahridagi “Guliston” mahallasi fuqarolari uchun adliya boshqarmasi  boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Gʻ.Primov hamda shahar hokimi A.Bazarov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. 

Qabulda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va korxonalar mas’ullari ishtirok etishdi.

 Qabul davomida aholidan doimiy ish bilan bandlik, kommunal xizmat, moddiy yordam, kontrakt to‘loviga amaliy yordam, tibbiy xizmat olish, mehnat va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.

Murojaatlarning aksariyati o‘z joyida bartaraf etilib, qolganlari tegishli tartibda qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilib, bartaraf etilishi belgilab olindi.