Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

DAVLAT TASHKILOTLARIDA QONUNIYLIK TA’MINLANMOQDAMI?


Navoiy viloyat adliya boshqarmasida davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida viloyat seminari tashkil etildi.Tadbirda 30 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari, yuridik xizmat markazlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.Tuman, shahar tashkilotlari vakillari joylardan ZOOM platformasi orqali online bog‘landilar.

Muloqot davomida tashkilotlarda hujjatlar yuritilish holati, mavjud kamchiliklar tahlil etildi.Aytib o‘tish kerak, bugungi kunda Navoiy viloyatida 11 ta yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari 40 dan ortiq davlat tashkilotlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2022-yil mobaynida jami 180 mingdan ortiq hujjatlar markazlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.Shundan 24 mingga yaqiniga salbiy xulosa berilgan.Seminar davomida sohalarda uchrayotgan eng ko‘p qonun buzilish holatlari tegishli mutaxassislar ishtirokida tahlil etilib,mavjud kamchiliklar yuzasida huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.